Янгиликлар
Jamoa shartnomasi qanday holatlar haqiqy emas deb topiladi?
Jamoa shartnomasi qanday holatlar haqiqy emas deb topiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 68-moddasiga ko‘ra, Jamoa shartnomasida quyidagi shartlar bo‘lmasligi kerak:
xodimlarning holatini mazkur xodimlarga tatbiq etiladigan qonunchilikka yoki jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
ichki darajada hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalardan tashqariga chiqadigan.
Agar jamoa shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo‘lsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
Xulosa:
Jamoa shartnomasining haqiqiy emas deb topilishi quyidagi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi: agar shartnoma qonunga zid bo‘lsa, uning tuzilishida noaniqliklar yoki yolg‘on ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, yoki shartnomaning tuzilishiga asos bo‘lgan tomonlarning huquqiy qobiliyati bo‘lmasa. Bunday holatlar jamoa shartnomasining haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi va bu bilan mehnat huquqlari buziladi.
Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Jiyanboyev Zuhriddin Ermat o’g’li