Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi


Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi

Korxonaga, binoga, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Uy-joyga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) ushbu obyektlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birgalikda boshqa shaxslarga o‘tayotganda uy-joy, ko‘p yillik dov-daraxtlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.

Uy-joy, korxona, bino, inshoot, ko‘p yillik dov-daraxtlar yoki boshqa ko‘chmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.

Uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, ko‘p yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining uy-joyning, korxonaning, binoning, inshootning, ko‘p yillik dov-daraxtlarning yoki boshqa ko‘chmas mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi o‘tadi.

 

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Xamrayev Rustam Axmedovich