Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yer uchastkasi ijarasi


Yer uchastkasi ijarasi

Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:

1) elektron onlayn-auksion natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;

2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:

qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga ko‘ra — davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga;

qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablag‘ ijaraga oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lanadi. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:

elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lashi kerak.

Yer uchastkasiga ijara huquqining bozor qiymatiga nisbatan tegishli koeffitsiyentini belgilashda yer uchastkasining tuproq bonitirovkasi, ma’muriy-hududiy tuzilishi va infratuzilma obyektlari mavjudligi inobatga olinadi.

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilangan miqdordagi mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi shart.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.

Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘z ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.

Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion orqali ijaraga olgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlar belgilangan tartibda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar  belgilangan o‘lchamlarda o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi.

Ijarachi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqa teng sharoitlarda ustun huquqqa ega.

Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq to‘lash tartibi va uning miqdori ijara shartnomasida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Jiyanboyev Zuhriddin Ermat o’g’li