Янгиликлар
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarining ijarasi
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarining ijarasi
Davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar va lalmi yerlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.
nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan investorlarga o‘ttiz yil muddatga, belgilangan o‘lchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
O‘rmon fondining foydalanilmayotgan (o‘rmon bilan qoplanmagan) yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi mumkin.
Davlat organlariga, muassasalariga, korxonalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga;
yengil turdagi obyektlarni joylashtirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berishda, shu jumladan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, taraflarning huquqlari va majburiyatlarini belgilashda, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish shartlari va tartibi qo‘llaniladi.
Doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Xamrayev Rustam Axmedovich