Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish


Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini uzaytirishda sharoitlar teng bo‘lgan hollarda, boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar uch oy ichida bunday shartnomani uzaytirish istagi haqida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir oy ichida ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishga asoslantirilgan rad javobini bermasa va bu haqda ijaraga oluvchini xabardor qilmasa, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi avvalgi shartlar asosida yangi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.

Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni asossiz rad etgan holda yer uchastkasini ijara muddati yakunlanganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxsga ijaraga bersa, ijaraga oluvchi shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar o‘ziga o‘tkazilishini hamda shartnomani yangi muddatga uzaytirish rad etilishi munosabati bilan o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini yoki faqat zararning o‘zi qoplanishini sud orqali talab qilishga haqli.

Agar ijaraga oluvchi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin ham yer uchastkasidan foydalanishni davom ettirsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar ijaraga beruvchi tomonidan e’tirozlar bo‘lmasa, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma o‘sha shartlar asosida xuddi o‘sha muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda yer uchastkasining dastlabki va yangi muddatga uzaytirilgan birgalikdagi umumiy ijara muddati eng ko‘p (oxirgi) muddatdan oshib ketmasligi kerak.

 

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Xamrayev Rustam Axmedovich