Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi muddati doirasida boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin

Bunda:

ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil o‘zi foydalangan bo‘lishi shart, mazkur muddat yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi;

yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlariga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran besh yildan keyin yo‘l qo‘yiladi;

ijaraga oluvchi ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra ijara muddati bo‘yicha teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni yoki elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan to‘lovlarni bir yo‘la to‘lashi shart.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qayta ijaraga berish natijasida vujudga kelgan ijara huquqi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yer uchastkasining ijaraga oluvchisi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborot (huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron tarzda yuboriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ijaraga olingan yer uchastkasiga nisbatan o‘z huquqlari va majburiyatlarini ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Xamrayev Rustam Axmedovich