Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari


Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut ishtirokchilaridir.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;

servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan haqning o‘z vaqtida to‘lanishini talab qilish;

servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud bo‘lganda) muntazam ravishda to‘lamagan taqdirda, shuningdek unda o‘z hududiga jamoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali o‘tish imkoniyati paydo bo‘lgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs bilan birgalikda servitut to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi;

servitut to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga to‘sqinlik qilmasligi;

yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qo‘riqlashi, ta’mirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat ko‘rsatishi shart.

Servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasidan servitut to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarda cheklangan tarzda foydalanish;

servitut to‘g‘risidagi shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda servitut to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;

servitutdan foydalanishda yuzaga kelgan to‘sqinliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.

Servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut to‘g‘risidagi shartnomaga va qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs:

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari bilan birgalikda servitut to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi;

servitutdan faqat servitut to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanishi;

servitut uchun haqni o‘z vaqtida to‘lab borishi (haq belgilangan taqdirda);

o‘z hududiga jamoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali o‘tish imkoniyati paydo bo‘lgan taqdirda, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining birinchi talabiga ko‘ra o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanishni to‘xtatishi;

uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut to‘g‘risida shartnoma tuzish haqida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlaridan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran yozma shaklda javob berishi shart.

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Maxamatov Nematjon Narimon o’g’li