Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kambag'al oilalar toifalarga ajratiladi


Kambag'al oilalar toifalarga ajratiladi

 

“Kambag'al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida” gi Prezident qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 15-maydan Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan va ushbu reestrga tushish xavfi bo'lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko'rsatiladi.

“Qizil” toifaga – oila a'zolarining har biriga to'g'ri keladigan o'rtacha oylik daromadi minimal iste'mol xarajatlaridan kam bo'lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

- a'zolarining kamida 1 nafari sog'lig'ining holatiga ko'ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'lmagan;

- parvarishga muhtoj a'zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo'lgan;

- o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz yashovchi yoki yolg'iz keksa yoxud yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxsdan iborat bo'lgan;

- boquvchisini yo'qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo'lgan oila;

- “Sariq” toifaga – oila a'zolarining har biriga to'g'ri keladigan o'rtacha oylik daromadi minimal iste'mol xarajatlaridan kam bo'lgan hamda a'zolari sog'lig'i holatiga ko'ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'lgan oilalar kiritiladi.

“Yashil” toifaga – oila a'zolarining har biriga to'g'ri keladigan o'rtacha oylik daromadi minimal iste'mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo'lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

- oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo'lsa;

- oilaning Kambag'al oilalar reestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo'lsa.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov