Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qancha miqdordagi mahsulotlar bojxona to‘lovlariga tortilmaydi?


Qancha miqdordagi mahsulotlar bojxona to‘lovlariga tortilmaydi?

         Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib o‘tishidan xabardor qilishi shart.

         Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular to‘g‘risida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli.

         O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3512-sonli qaroriga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar bojxona chegarasidan boj to‘lovlarisiz olib chiqishi mumkin:

- Alkogol mahsuloti, shu jumladan, pivo — umumiy miqdori 2 litrdan ko‘p bo‘lmagan;

- tamaki mahsulotlarining barcha turlari — umumiy miqdori 10 qutidan ko‘p bo‘lmagan;

- atir va ifor taratuvchi suvlar — umumiy miqdori 3 tadan ko‘p bo‘lmagan;

- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari — umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan;

- guruch — umumiy og‘irligi 3 kg dan ko‘p bo‘lmagan;

- non-bulka mahsulotlari — umumiy og‘irligi 5 kg dan ko‘p bo‘lmagan;

- go‘sht va go‘sht oziq-ovqat mahsulotlari — umumiy og‘irligi 2 kg dan ko‘p bo‘lmagan;

- shakar — umumiy og‘irligi 2 kg dan ko‘p bo‘lmagan;

- o‘simlik moylari — umumiy og‘irligi 2 kg dan ko‘p bo‘lmagan;

- yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar — umumiy og‘irligi 40 kg.dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

   Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov