Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xorijdan kelayotganda boj to‘lamasdan qancha tovar olib o‘tish mumkin?


Xorijdan kelayotganda boj to‘lamasdan qancha tovar olib o‘tish mumkin?

         Jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari quyidagilardan iborat:

         - O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib o‘tishda — 2 000 (ikki ming) AQSH dollari;

         - O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yo‘l va daryo bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 1 000 (bir ming) AQSH dollari;

         - O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 300 (uch yuz) AQSH dollari;

         - xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollari;

         - xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSH dollari.

         Shuningdek, bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 5 000 (besh ming) AQSH dollari miqdorida.

    Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov