Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘zbekiston hududidan qanday hollarda cheklovlarsiz valyuta olib chiqish mumkin?


O‘zbekiston hududidan qanday hollarda cheklovlarsiz valyuta olib chiqish mumkin?

         O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketishga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yiladi:

         - rezidentlar tomonidan — xorijiy davlatlarga xizmat safariga ketayotgan Hukumat delegatsiyasi a’zolari uchun Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida;

         - norezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida rasmiylashtirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida deklaratsiya qilingan mablag‘lar doirasida, shuningdek, respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiadalar) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablag‘larning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.

         Bunda norezident jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan naqd valyuta mablag‘laridan respublika hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq foydalanilgan qoldiq miqdori doirasidagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.

         Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tayotganlarida naqd valyuta mablag‘larining haqqoniy va to‘g‘ri deklaratsiyalanganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.

    Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov