Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mehnatga haq to‘lash miqdori qancha?


Mehnatga haq to‘lash miqdori qancha?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoniga muvofiq:

2024-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 155 000 so‘m etib belgilangan.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu miqdor tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir. Ish beruvchilar ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlashlari lozim.

Demak, sizning oylik ish haqingiz 900 000 so‘m ekanligi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam. Bu holat qonunchilikka zid hisoblanadi.

Siz ish beruvchingizga murojaat qilib, ish haqingizni qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan darajaga ko‘tarishni so‘rashingiz mumkin. Agar ish beruvchi bu talabni bajarmaganda, siz mehnat inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkin.

   Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov