Янгиликлар
Xodim ishdan bo‘shatilganda 2 oylik o‘rtacha ish haqi saqlanadi
Xodim ishdan bo‘shatilganda 2 oylik o‘rtacha ish haqi saqlanadi
Xodim quyidagi asoslar bo‘yicha ishdan bo‘shatilganda ish qidirish davrida 2 oygacha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi:
· xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganda;
· xodim ish beruvchi bilan ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganda;
· xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘i ko‘taradigan boshqa ishga o‘tishni rad etgada yoki ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganda;
· xodimlar soni yoki shtatlar qisqarganda;
· tashkilot tugatilganda;
· xodim malakasi yetarli bo‘lmaganda;
· shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganda;
· sudning tashkilotni tugatishga oid qarori kuchga kirganda.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov