Янгиликлар
Bog‘cha tarbiyachilari ham qo‘shimcha rag‘batlantiriladimi?
Bog‘cha tarbiyachilari ham qo‘shimcha rag‘batlantiriladimi?
Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra;
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarini moddiy rag‘batlantirish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Jumladan, Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagi shaxslarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi:
- davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari;
- qo‘shma tipdagi DMTT rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;
- reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari.
Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan joylardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi xodimlarga qo‘shimcha to‘lovlar, shuningdek, faxriy unvon, ilmiy darajalar uchun ustamalar to‘lash shartlari qonunchilikda belgilanadi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov