Янгиликлар
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan tayinlangan jazoni yengillashtiruvchi qanday holatlar mavjud?
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan tayinlangan jazoni yengillashtiruvchi qanday holatlar mavjud?
O‘z.Res jinoyat kodeksida belgilangan qoidalarga muvofiq shaxs tomonidan sodir etgan jinoyatni yengillashtiruvchi hamda og‘irlashtiruvchi bir qancha holatlar mavjud. Ushbu qoidalar Jinoyat kodeksining 55–56-moddalarida belgilab qo‘yilgan.
Jazoni yengillashtiruvchi holatlar;
· aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
· yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
· og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
· majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
· jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
· zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
· voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
· homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
· jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov