Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O‘rindoshlarga "bolnichniy" to‘lanadimi?


O‘rindoshlarga "bolnichniy" to‘lanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-sonli qarori (https://lex.uz/docs/2070161) bilan tasdiqlangan "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 18 bandiga asosan O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir. Sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaning 19-bandiga asosan O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga o‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan ish joyiga taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlangan nusxasi beriladi.

 

   Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov