Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Bog‘cha tarbiyachilari uchun qo‘shimcha rag‘batlantirishlar nazarda tutilganmi?


Bog‘cha tarbiyachilari uchun qo‘shimcha rag‘batlantirishlar nazarda tutilganmi?

            Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan,

            Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘z kasbiy vazifalarini halol bajarayotgan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlar moddiy jihatdan rag‘batlantiriladi. Bu rag‘batlantirish mazkur tashkilotda tuziladigan Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

            Xususan, Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan quyidagi toifadagi xodimlarga lavozim maoshi va bazaviy tarif stavkasi ustiga 100 foizgacha qo‘shimcha haq belgilanadi:

  • davlat ko‘p yo‘nalishli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar, tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;
  • jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan qo‘shma turdagi guruhlarda faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;
  • reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p yo‘nalishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari.

            Bundan tashqari, ustama va rayon koeffitsiyentlari belgilangan hududlardagi davlat bog‘chalari xodimlariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Shuningdek, faxriy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo‘lganlarga ham tegishli tarzda ustamalar tayinlanadi.


   Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov