Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Agar xodimga hayfsan berilsa, xodim biroz vaqtdan kn shu tashkilotni o‘zida boshqa lavozimga tayinlansa hayfsan yechiladimi?


Agar xodimga hayfsan berilsa, xodim biroz vaqtdan kn shu tashkilotni o‘zida boshqa lavozimga tayinlansa hayfsan yechiladimi?

MK 138-moddasiga ko’ra, xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi. Sizning holatda, xodim boshqa ishga o’tkazilmoqda, bunda xodimning mehnat vazifalari o’zgargan xolos. Bu holatda hayfsan intizomiy jazosi yechilmaydi.

MK 315-moddasiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Demak, bu xodimning haysan jazosi qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil amal qiladi, garchi xodim boshqa ishga o’tkazilgan bo’lsada. Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar, istalgan vaqtda muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

 

 

   Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov