Янгиликлар
SIL KASALIGA CHALINIB QOLGAN BEMORLARGA QUYIDAGI IMTIYOZLAR MAVJUD:
SIL KASALIGA CHALINIB QOLGAN BEMORLARGA QUYIDAGI IMTIYOZLAR MAVJUD:
· 6 oydan 10 oygacha mehnatga layoqatsiz varaqasi rasmiylashtirish;
· sil kasalligi bilan kasallanish oqibatida ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarning ish joylari va o‘rtacha oylik ish haqlari to‘liq saqlanadi; (mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi)
· bemorlarga berilgan yo‘llanma bo‘yicha) davolanish joylarigacha avtotransportda bepul borish va kelishga yoxud mahalliy budjet hisobidan poyezdda yilda bir marta borib kelishga ruxsat beriladi;
· yotoqxonalarda yoki oilasi katta bo‘lgan bolali uylarda yashovchi bemorlar uchun navbatdan tashqari turar joylar beriladi;
· sil kasalliklarga qarshi dispanserlarning belgilashiga ko‘ra sil kasalligiga chalingan bemor bor bo‘lgan oilalarning sog‘lom bolalari bolalar yaslilariga, bog‘chalariga, maktab-internatlarga navbatdan tashqari joylashtiriladI.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov