Янгиликлар
OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM BO'LGAN OTA TUG'ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMADAN O'CHIRILMAYDI
OTALIK HUQUQIDAN MAHRUM BO'LGAN OTA TUG'ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMADAN O'CHIRILMAYDI
Ota bolaga nisbatan otalik huquqidan mahrum bo'lsa, bolaga doir qarindoshlik huquqlari, ta'minot olish va boshqa huquqlarini yo'qotadi. (Oila kodeksining 81-moddasi)
Biroq, bu tug'ilganlik haqidagi guvohnomadan otasi sifatida o'chirilishini anglatmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 550-sonli qaroriga muvofiq, otaning otalik huquqidan mahrum qilinishi tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida ko‘rsatiladi, dalolatnoma yozuvida ota-ona haqidagi ma’lumotlar chizib tashlanmaydi va hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaydi.
Keyinchalik, otalik huquqi tiklanganda, "otalik huquqi tiklandi" degan yozuv kiritiladi.
Tugʻilganlik haqidagi guvohnomadagi otasi haqidagi joy bolani biologik otasi o'zgarganda, sudni qarori bilan o'zgartiriladi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov