Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

QARZNI NOTARIUS ORQALI UNDIRISH TARTIBI


QARZNI NOTARIUS ORQALI UNDIRISH TARTIBI

Ko'pchilik qarz undirish bo'yicha sudga da'vo ariza berib, keyin 1 oy davomida sudni kutadi. Undan keyin qaror qonuniy kuchga kirishini kutadi. Natijada 2 oy atrofida vaqt yo'qotadi.

Shu masalani notarius orqali bir kunni o'zidayoq hal etish mumkinligi bilasizmi?

"Notariat to'g'risida"gi qonunning 76-moddasiga asosan, notarius qarzdordan pul summalarini undirish uchun qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qaysi hujjatlarga ijro xati berilishi ro'yxati tasdiqlangan. Qarz shartnomasi ham shular jumlasidan.

Qarz undirish bo'yicha ijro xati olish uchun notariusga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) notarial tasdiqlangan qarz shartnomasining asl nusxasi;

b) undiruvchi tomonida qarzdorga notarius orqali to‘lov muddatini o‘tkazib yuborilganligi to‘g‘risida yuborilgan yozma bildirishnoma

Ijro xati yozish uchun asosiy shart hujjatlar qarzdorning qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlashi lozim va uch yillik da'vo muddati o'tmagan bo'lishi kerak. So'ngra, ijro xati MIBga yuboriladi va ijro harakatlarini davlat ijrochisi amalga oshiradi.

 

 

   Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

   YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov