Янгиликлар
Chorvachilikning sutchilik tarmog'i jadal rivojlantirilishi asoslari
Chorvachilikning sutchilik tarmog'i jadal rivojlantirilishi asoslari
“Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi ishtirokidagi “O'zbekistonning sutchilik sohasida qo'shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko'ra, “O'zbekistonning sutchilik sohasida qo'shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi 100 ta sut yig'ish punktini tashkil etish;
- 865 nafar aholi va dehqon xo'jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;
- sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta'minotini ishga tushirish.
Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilangan.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov