Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bog'lik xarajatlarni undirish tartibi haqida bilasizmi?


Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bog'lik xarajatlarni undirish tartibi haqida bilasizmi?

Hukumat qarori bilan tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportasiya qilingan fuqarolarini qaytarish va ularni qaytarish bilan bog'lik xarajatlarni undirish tartibi joriy etiladi.

 

Qarorga ko'ra, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta'sir choralari qo'llanadi:

 

- deportatsiya qilingan fuqaro Migrasiya jamg'armasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarini fuqarodan undirib olish;

 

- Migrasiya jamg'armasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensasiya summalarini qaytarib undirish;

 

- 1 yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish bo'yicha xizmatlar ko'rsatmaslik.

 

Deportatsiya qilingan fuqarolar quyidagilar asosida qaytariladi:

 

- ularning O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaati;

 

- ular va yaqin qarindoshlarining Migrasiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, hududiy filiallariga murojaati;

 

- xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan deportatsiya qilingan fuqarolar bo'yicha ma'lumotlar.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov