Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Blogger va Inflyuenser atamalariga rasmiy ta’rif berilmoqda


Blogger va Inflyuenser atamalariga rasmiy ta’rif berilmoqda

Regulation.Gov.Uz saytiga joylangan “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasida Blogger va Inflyuenser atamalariga rasmiy ta’riflar ham ko‘rsatilgan bo‘lib unga ko‘ra,

Bloger – o'z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa kontentni, foydalanuvchilar muhokama qilishi uchun joylashtiruvchi shaxs.

Inflyuenser – onlayn-platformadagi o'z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda 10 mingdan ortiq obunachiga ega bo'lgan bloger.

Shuningdek, loyihaga ko‘ra, Onlayn-platforma va veb-sayt foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning asosiy prinsiplari:

- qonuniylik;

- foydalanuvchi huquqlari ustuvorligi;

- qonunga muvofiq har qanday ma'lumotni izlash, olish va tarqatish huquqini ta'minlash;

- kontentga nisbatan syenzuraga yo'l qo'ymaslik;

- internetga kirishni ta'minlash uchun sharoit yaratish;

- onlayn-platforma mulkdori va veb-sayt egalari bilan hamkorlik.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov