Янгиликлар
Ijtimoiy himoya yagona reestridagi oilalar uchun belgilangan imtiyozlar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi
Ijtimoiy himoya yagona reestridagi oilalar uchun belgilangan imtiyozlar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan 2025-yil 1-iyundan:
- Ijtimoiy himoya yagona reestridagi oilalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarga ham tatbiq etiladi, 2026-yil 1-yanvardan esa faqat Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan oilalarga ko'rsatiladi:
- davlat xizmatlaridan foydalanish uchun boj, yig'im va boshqa to'lovlarni to'lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida chegirmalar qo'llaniladi;
- kambag'al oilalar “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga o'tganda ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari keyingi 12 oy muddatga saqlab qolinadi;
- “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga belgilangan passiv daromad keltiruvchi qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi.
Ushbu reestriga kiritilgan oilalar a'zolariga ijtimoiy xizmat va yordamlar oilalar kambag'al deb e'tirof etilgani to'g'risidagi ma'lumotlar yoki shaxsning kambag'al deb e'tirof etilgan oilaning a'zosi ekani haqidagi ma'lumotnoma asosida ko'rsatiladi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov