Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

Tegishli Prezident farmoniga ko‘ra 2025-yil 1-oktabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo'yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

 

2026-yil 1-yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha bo'lgan qayta tayyorlash ta'lim dasturlari joriy etiladi.

 

2025/2026-o'quv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

 

2026/2027-o'quv yilidan:

 

- “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlanadi;

 

- yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;

 

- magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari va modullar bo'yicha tashkil etiladi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov