Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat qonunchiligiga asosan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda mehnatga haq to‘lash tartibi qanday?


Mehnat qonunchiligiga asosan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda mehnatga haq to‘lash tartibi qanday?

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksning 260-moddasiga asosan mehnatiga vaqtbay haq to‘lanadigan xodim tomonidan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda uning mehnatiga yuqoriroq malakali ish bo‘yicha haq to‘lanadi.

Mehnatiga ishbay haq to‘lanadigan xodim tomonidan har xil malaka talab etiladigan ishlar bajarilganda uning mehnatiga u bajargan ishning baholari bo‘yicha haq to‘lanadi.

Ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan holda mehnatiga ishbay haq to‘lanadigan xodimlarga o‘ziga berilgan razryadlardan pastroq tarifikatsiya qilinayotgan ishlarni bajarish topshiriladigan hollarda ish beruvchi ularga razryadlar o‘rtasidagi farqni to‘lashi shart.

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Shamatov