Янгиликлар
Mehnat qonunchiligiga asosan ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tartibi qanday?
Mehnat qonunchiligiga asosan ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tartibi qanday?
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 262-moddasiga asosan ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.
Jamoa shartnomasida, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida ish vaqtidan tashqari ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.
Xodimning xohishiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bunday holda ish vaqtidan tashqari ish uchun bir hissa miqdorida haq to‘lanadi, dam olish vaqti uchun esa haq to‘lanmaydi.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
M.Shamatov |