Янгиликлар
Mehnat qonunchiligiga asosan mehnat normalarining amal qilish muddati tartibi qanday?
Mehnat qonunchiligiga asosan mehnat normalarining amal qilish muddati tartibi qanday?
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 275-moddasiga asosan mehnat normalari doimiy bo‘lishi mumkin, bunda ular nomuayyan muddatga belgilanadi va ushbu Kodeksning 274-moddasiga muvofiq almashtirilguniga va qayta ko‘rib chiqilguniga qadar amal qiladi, mehnat normalari vaqtinchalik ham bo‘lishi mumkin, bunda ular mahsulot ishlab chiqarishni, texnika, texnologiyalarni o‘zlashtirish davri uchun yoki ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish davri uchun uch oygacha bo‘lgan muddatga belgilanadi. Mazkur muddat tugaganidan keyin vaqtinchalik normalar doimiy normalar bilan almashtirilishi lozim.
Ayrim hollarda vaqtinchalik normalarning amal qilish muddati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin.
Texnologiya o‘zgartirilganda, baxtsiz hodisalar va avariyalar yuzaga kelishi xavfi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, shuningdek bir martalik xususiyatga ega boshqa shunga o‘xshash ishlarni bajarishda mehnat normalari har bir aniq holatda tegishli ishlarni bajarish davri uchun belgilanadi.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
J.Nishonov |