Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat qonunchiligiga asosan ish beruvchining mehnat normalarini bajarish uchun zarur mehnat shart-sharoitlarini ta’minlash majburiyatlari tartibi qanday?


Mehnat qonunchiligiga asosan ish beruvchining mehnat normalarini bajarish uchun zarur mehnat shart-sharoitlarini ta’minlash majburiyatlari tartibi qanday?

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 276-moddasiga asosan Ish beruvchi mehnat normalarining bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart. Bunday shart-sharoitlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

binolar, inshootlar, mashinalar, texnologik jihozlar va boshqa asbob-uskunalarning soz holatda bo‘lishi;

ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik hujjatlar va boshqa zarur hujjatlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash;

mehnat shartnomasida shartlashilgan ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar, asboblar, boshqa vositalar va buyumlarning lozim darajada sifatli bo‘lishi, ularning xodimga o‘z vaqtida taqdim etilishi;

mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga javob beradigan mehnat shart-sharoitlari.

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Nishonov