Янгиликлар
Mehnat qonunchiligida ma’naviy ziyonning qat'iy miqdori belgilanganmi?
Mehnat qonunchiligida ma’naviy ziyonning qat'iy miqdori belgilanganmi?
Mehnat kodeksida ma’naviy ziyonning aniq miqdori belgilanmagan. Biroq, Mehnat kodeksining 174-moddasi 6-qismiga ko‘ra, ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdori ish beruvchining harakatlarini baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek, kodeksning 335-moddasida ish beruvchining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinishi, nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga ma’naviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan moddiy zarardan qat’i nazar, sud tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Kodeksning 565-moddasida xodimning mehnat huquqlari buzilishi unga ma’naviy va (yoki) jismoniy azob-uqubatlar yetkazishga sabab bo‘lgan hollarda, sud ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risida xodimning talabiga ko‘ra qaror chiqarishga haqli ekanligi, ma’naviy ziyonning miqdori sud tomonidan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i |
J.Nishonov |