Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Intizomiy jazo chorasi ustidan qancha muddat ichida sudga shikoyat qilish mumkin?


Intizomiy jazo chorasi ustidan qancha muddat ichida sudga shikoyat qilish mumkin?

Mehnat kodeksining 560-moddasiga asosan, yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran 3 oy;

xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e’tiboran 1 yil;

boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 6 oy.

Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.

Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sudga murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi.

Demak, agar Sizga hayfsan yoki jarima intizomiy jazo choralaridan biri qo‘llanilgan bo‘lsa, huquqingiz buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishingiz kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 6 oy ichida sudga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar sizga mehnat shartnomasini bekor qilish tariqasidagi intizomiy jazo choralaridan biri qo‘llanilgan bo‘lsa, u holda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran 3 oy ichida sudga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i

J.Nishonov