Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodimga sinov muddati davomida ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkinmi?


Xodimga sinov muddati davomida ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkinmi?

 

Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan dastlabki sinov davrida xodimga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning amal qilishi to‘liq tatbiq etiladi.

Demak, dastlabki sinov davridagi xodimga ham ish haqi saqlanmaydigan ta’til hamda xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishimiz mumkin. Ya’ni xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra dastlabki sinov davridagi xodimga ham ish haqi saqlanmagan ta’til berilishi mumkin. Agar dastlabki sinov davridagi xodim Mehnat kodeksining 242-moddasidagi xodimlar toifasiga kirsa, u holda xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til majburiy tartibda beriladi.

Mehnat kodeksining 130-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim haqiqatda ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga qo‘shilmaydi.

❗ Demak, agar dastlabki sinov davridagi xodimga ish haqi saqlanmagan ta’til berilsa, ta’til davri dastlabki sinov muddatiga qo‘shilmaydi.

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Nishonov