Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar haqida xabardormisiz?


O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar haqida xabardormisiz?

 

Mehnat kodeksining 433-moddasiga asosan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘rindoshlik asosida ishlashiga, agar o‘rindoshning asosiy ishi xuddi shunday sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lsa (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno) va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilmaydi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sog‘lig‘iga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan o‘rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

J.Nishonov