Янгиликлар
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilishi mumkinmi?
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish vaqtida xodim ishdan chetlashtirilishi mumkinmi?
Mehnat kodeksining 309-moddasiga asosan agar xodimning ish joyida hozir bo‘lishi xizmat tekshiruviga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli.
Xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va buyruq o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimning e’tiboriga imzo qo‘ydirib yetkaziladi. Agar xodim uni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni yoki bunday buyruqqa imzo qo‘yishni rad etsa, komissiya a’zolari tegishli dalolatnoma tuzadi. Ish beruvchi xodimning talabiga ko‘ra unga ishdan chetlashtirish haqidagi buyruqning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini u murojaat etgan kunidan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berishi shart. Xodimni ishdan chetlashtirish muddati Mehnat kodeksning 308-moddasida belgilangan xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi sababli ishdan chetlashtirilgan xodimga ishdan chetlashtirishning butun davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
J.Nishonov |