Янгиликлар
O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim qanday huquq va majburiyatlarga ega?
O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim qanday huquq va majburiyatlarga ega?
Mehnat kodeksining 306-moddasiga asosan o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim:
xizmat tekshiruvi nima sababli o‘tkazilayotganini bilishga;
komissiya a’zolarini rad etish to‘g‘risida arz qilishga;
xizmat tekshiruvi masalalari bo‘yicha yozma tushuntirishlar berishga;
xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi davomida iltimosnomalar berishga;
xizmat tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yish uchun hujjatlar, ashyoviy dalillar taqdim etishga;
guvohlarni xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi davomida keyinchalik ularni so‘rovdan o‘tkazish uchun taqdim etishga;
xizmat tekshiruvi materiallari bilan tanishishga, ulardan ko‘chirmalar, ko‘chirma nusxalar olishga;
xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnoma bilan tanishishga;
komissiyaning qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.
Xodim o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotni rad etish uchun xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga yozma shaklda beriladi va u taqdim etilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim o‘ziga berilgan huquqlardan vijdonan foydalanishi, xizmat tekshiruvi o‘tkazilishiga monelik qilmasligi, shu jumladan xizmat tekshiruvida ishtirok etishdan bo‘yin tovlamasligi, haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etish yo‘li bilan monelik qilmasligi shart.
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
Sh.Abdurahmonov |