Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Oldi-sotdi shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Oldi-sotdi shartnomasi haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 386-moddasida oldi-sotdi shartnomasi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi.
Agar qonunda qimmatli qog‘ozlar va valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisiga doir maxsus qoidalar belgilangan bo‘lmasa, ularni olish-sotishga nisbatan ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi tovarlarni olish-sotishning o‘ziga xos jihatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar mulkiy huquqlarni sotishga nisbatan qo‘llanadi, agar ushbu huquqlar mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa.
Ayrim turdagi oldi-sotdi (chakana oldi-sotdi, tovarlar yetkazib berish, energiya ta’minoti, korxonani sotish va boshqalar) shartnomalariga nisbatan, agar ushbu Kodeksning bu turdagi shartnomalarga doir qoidalarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.



Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev