Янгиликлар
Shartnomaning tovar miqdori to‘g‘risidagi shartlarini buzish oqibatlari nimalardan iborat?
Savol:
Shartnomaning tovar miqdori to‘g‘risidagi shartlarini buzish oqibatlari nimalardan iborat?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 399-moddasida Shartnomaning tovar miqdori to‘g‘risidagi shartlarini buzish oqibatlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzib, sotib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordan kam tovar topshirgan bo‘lsa, sotib oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yo tovarning yetishmayotgan miqdorini topshirishni talab qilishga, yo topshirilgan tovardan va uning haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordi-yu uning haqi to‘langan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda tovar bergan taqdirda, sotib oluvchi bu haqda ushbu Kodeks 416-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotuvchiga ma’lum qilishi lozim. Agar sotib oluvchidan xabar olganidan so‘ng sotuvchi oqilona muddatda tegishli tovarni tasarruf qilmasa, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi tovarning hammasini qabul qilish huquqiga ega.
Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilganidan ortiq miqdorda tovar qabul qilib olgan taqdirda, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqa baho belgilangan bo‘lmasa, tegishli tovar uchun shartnomada belgilangan bahoda haq to‘lanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev