Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tovarning kafolat muddatini hisoblash haqida tushuntirish bersangiz?


Savol:

Tovarning kafolat muddatini hisoblash haqida tushuntirish bersangiz?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 404-moddasida Tovarning kafolat muddatini hisoblash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘ta boshlaydi.

Agar sotib oluvchi sotuvchiga bog‘liq bo‘lgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf etmaguncha kafolat muddatining o‘tishi boshlanmaydi.

Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda sotuvchiga tovarning kamchiliklari haqida xabar qilish sharti bilan kafolat muddati tovarda aniqlangan kamchiliklar tufayli undan foydalanib bo‘lmagan vaqtga uzaytiriladi.

Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda o‘ta boshlaydi.

Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o‘ta boshlaydi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev