Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tovarning sifatini tekshirish asoslari qanday belgilangan?


Savol:

Tovarning sifatini tekshirish asoslari qanday belgilangan?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 407-moddasida Tovarning sifatini tekshirish asoslari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifatini tekshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

Standartlarda tovarlarning sifatini nazorat qilishga nisbatan talablar belgilangan hollarda, sifat ulardagi ko‘rsatmalarga muvofiq tekshirilishi kerak.

Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda tovarning sifatini tekshirish shartlari nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning sifati ish muomalasi odatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha topshirilishi lozim bo‘lgan tovarni tekshirishning odatda qo‘llaniladigan boshqa shartlariga muvofiq tekshirilishi lozim.

Agar qonunchilikda, shu jumladan davlat standartlarida yoki oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshiriladigan tovar sifatini tekshirish (sinash, tahlil qilish, ko‘zdan kechirish va hokazo) majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchining talabi bilan sotuvchi unga tovar sifati tekshirilganligining isbotini taqdim qilishi lozim.

Sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan tovarning sifatini tekshirish aynan bir xil shartlarda amalga oshirilishi lozim.

 

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev