Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

But bo‘lmagan tovarni topshirish oqibatlari haqida tushuntirish bersangiz?


Savol:

But bo‘lmagan tovarni topshirish oqibatlari haqida tushuntirish bersangiz?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 413-moddasida but bo‘lmagan tovarni topshirish oqibatlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: but bo‘lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra sotuvchidan:

xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;

tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega.

Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to‘g‘risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra:

butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga;

oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to‘langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar sotuvchining sotib oluvchiga but tovarlarni topshirish majburiyati buzilgan hollarda ham qo‘llaniladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev