Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tovarning bahosi deganda nima tushuniladi?


Savol:

Tovarning bahosi deganda nima tushuniladi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 418-moddasida Tovarning bahosi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: sotib oluvchi tovar haqini ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadigan bahoda to‘lashi, shuningdek qonunchilik, oldi-sotdi shartnomasi yoki odatda qo‘yiladigan talablarga muvofiq to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni o‘z hisobidan bajarishi lozim.

Tovarning bahosi uning og‘irligiga qarab belgilanadigan bo‘lsa, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u sof og‘irligi bo‘yicha aniqlanadi.

Agar oldi-sotdi shartnomasida tovarning bahosi uni belgilaydigan ko‘rsatkichlar (tannarx, xarajatlar va hokazo)ga qarab o‘zgartirilishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo shu bilan birga, bahoni qayta ko‘rib chiqish usuli belgilangan bo‘lmasa, baho ushbu ko‘rsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va tovarni topshirish paytidagi o‘zaro nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sotuvchi tovarni topshirish majburiyatini bajarishni kechiktirib yuborganida baho ushbu ko‘rsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va shartnomada nazarda tutilgan tovar topshiriladigan paytdagi, agar shartnomada tovarni topshirish payti nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlangan paytdagi nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev