Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tovar haqini to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?


Savol:

Tovar haqini to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 419-moddasida Tovar haqini to‘lash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: agar qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasining shartlaridan tovar bahosini muayyan muddatda to‘lash majburiyati kelib chiqmasa, sotib oluvchi uni sotuvchi o‘ziga tovarni yoki ushbu tovarni tasarruf qilish hujjatlarini berganidan so‘ng kechiktirmasdan to‘lashi lozim.

Agar oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi sotuvchiga topshirilgan tovarning to‘liq bahosi miqdorida haq to‘lashi lozim.

Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq topshirilgan tovar haqini o‘z vaqtida to‘lamasa, sotuvchi tovar haqini va o‘zganing pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar to‘lashni talab qilishga haqli.

Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilish va haqini to‘lashdan bosh tortsa, sotuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra tovar haqini to‘lashni talab qilish yoki shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.

Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib oluvchiga haqi to‘lanmagan tovarlardan tashqari boshqa tovarlarni ham topshirishi lozim bo‘lganida, agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, u ushbu tovarlarni topshirishni avval topshirilgan barcha tovarlar haqi batamom to‘langunga qadar to‘xtatib qo‘yishga haqli.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev