Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tovar haqini oldindan to‘lash tartibi qanday?


Savol:

Tovar haqini oldindan to‘lash tartibi qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 420-moddasida Tovar haqini oldindan to‘lash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi tovarni topshirishidan oldin sotib oluvchi uning haqini to‘liq yoki qisman to‘lash (oldindan haq to‘lash) majburiyati nazarda tutilgan hollarda, sotib oluvchi tovar haqini shartnomada nazarda tutilgan muddatda, agar shartnomada bunday muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq belgilangan muddatda to‘lashi lozim.

Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovar haqini oldindan to‘lash majburiyatini bajarmagan taqdirda ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.

Oldindan to‘langan summani olgan sotuvchi tovarni topshirish bo‘yicha majburiyatni bajarmagan taqdirda sotib oluvchi haqi to‘langan tovarni topshirishni yoki sotuvchi topshirmagan tovar uchun oldindan to‘langan summani qaytarib berishni talab qilishga haqli.

Agar sotuvchi oldindan haqi to‘langan tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa va oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, oldindan to‘langan summa uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq, tovarni topshirishi lozim bo‘lgan kundan boshlab tovar sotib oluvchiga topshirilgan yoki unga oldindan to‘lagan summasi qaytarib berilgan kungacha foizlar to‘lanishi lozim. Shartnomada sotuvchining oldindan to‘langan summa uchun foizlarni bu summa sotib oluvchidan olingan kundan boshlab to‘lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev