Янгиликлар
Tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Savol:
Tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 422-moddasida tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: tovarni nasiyaga sotish shartnomasida tovar haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tovarni nasiyaga sotish shartnomasida oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari bilan bir qatorda tovar bahosi, to‘lovlarning tartibi, muddatlari va miqdori ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar sotib oluvchi haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan va o‘ziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi to‘lovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni tovarga qaratishga haqli.
Tovarni kreditga sotish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan taqdirda, sotib oluvchi olingan tovar ulushining haqi to‘langan qismini majburiyatlarni bajarish ta’minoti sifatida berishga haqli.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev