Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sotib oluvchiga tovar haqida axborot berish qanday tartibda amalga oshiriladi?


Savol:

Sotib oluvchiga tovar haqida axborot berish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 427-moddasida sotib oluvchiga tovar haqida axborot berish belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: sotuvchi sotishga taklif qilingan tovar to‘g‘risida sotib oluvchiga zarur va to‘g‘ri axborotni uning mazmuni va uni taqdim etish usuliga nisbatan qonunchilikda belgilangan yoki odatda chakana savdoda qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda berishi shart.

Sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar tovarni ko‘zdan kechirish, o‘z oldida tovarning xossalarini tekshirishni yoki tovardan qanday foydalanishni ko‘rsatishni, agar bu hol tovarning xususiyati tufayli istisno qilinmasa va chakana savdoda qabul qilingan qoidalarga zid bo‘lmasa, talab qilishga haqli.

Agar sotib oluvchiga sotish joyida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni darhol olish imkoni berilmagan bo‘lsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli o‘zi ko‘rgan zararni to‘lashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan bo‘lsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun to‘langan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Sotib oluvchiga tovar to‘g‘risida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan so‘ng tovarda paydo bo‘lgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar o‘zida bunday axborot bo‘lmagani sababli paydo bo‘lganini isbotlasa, javob beradi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev