Янгиликлар
Avtomatdan foydalangan holda tovar sotish haqida tushuntirish bersangiz?
Savol:
Avtomatdan foydalangan holda tovar sotish haqida tushuntirish bersangiz?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 430-moddasida avtomatdan foydalangan holda tovar sotish belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: tovar avtomatdan foydalanib sotiladigan hollarda avtomat egasi sotuvchining nomi (firma nomi), u joylashgan manzil, ish tartibi, shuningdek sotib oluvchi tovarni olish uchun amalga oshirishi zarur bo‘lgan harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatga joylashtirish yoki boshqacha usulda sotib oluvchiga taqdim qilish yo‘li bilan unga tovar sotuvchi to‘g‘risidagi axborotni yetkazishi lozim.
Sotib oluvchi tovarni olish uchun zarur harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab avtomatdan foydalangan holda chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Agar sotib oluvchiga haqi to‘langan tovar topshirilmasa, sotuvchi sotib oluvchiga tovar zudlik bilan topshirilishini yoki u to‘lagan summa qaytarib berilishini ta’minlashi shart. Bu majburiyat bajarilmagan taqdirda, sotib oluvchi sotuvchidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Avtomatdan pulni maydalash, to‘lov belgilarini sotib olish yoki valyuta almashtirish uchun foydalanilgan taqdirda, agar majburiyat mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, chakana oldi-sotdi qoidalari qo‘llanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev