Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida uning huquqlari nimalardan iborat?


Savol:

Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida uning huquqlari nimalardan iborat?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 434-moddasida sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida uning huquqlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan bo‘lsa, sotib oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra:

xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;

xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;

tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;

xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;

ko‘rilgan zarar o‘rnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Tovar uchun to‘langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan to‘liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev