Янгиликлар
Tovarni almashtirganda, xarid narxini kamaytirganda va sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni qaytarganda baholardagi farqni to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Savol:
Tovarni almashtirganda, xarid narxini kamaytirganda va sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni qaytarganda baholardagi farqni to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 435-moddasida tovarni almashtirganda, xarid narxini kamaytirganda va sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni qaytarganda baholardagi farqni to‘lash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni sifati tegishli darajada bo‘lgan boshqa tovarga almashtirish chog‘ida sotuvchi tovarning chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan bahosi bilan tovarni almashtirish yoki sud tomonidan tovarni almashtirish to‘g‘risida qaror chiqarish paytida mavjud bo‘lgan tovarning bahosi o‘rtasidagi farqni to‘lashni talab qilishga haqli emas.
Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni xuddi shunday, biroq o‘lchami, andazasi, navi va boshqa belgilari o‘zgacha bo‘lgan tegishli darajada sifatli tovarga almashtirish chog‘ida almashtirilayotgan tovarning almashtirish paytidagi bahosi bilan sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar o‘rniga berilayotgan tovarning bahosi o‘rtasidagi farq to‘lanishi lozim. Agar sotib oluvchining talabi sotuvchi tomonidan qondirilmasa, bu baholar sud tovarni almashtirish to‘g‘risida qaror chiqargan payt bo‘yicha aniqlanadi.
Tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan taqdirda tovarning bahosini pasaytirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan paytdagi, agar sotib oluvchining talabi ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo‘lsa, sud bahoni mutanosib ravishda kamaytirish to‘g‘risida qaror chiqargan paytdagi bahosi inobatga olinadi.
Sotuvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovarni qaytarib berish chog‘ida sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tovarning bahosi bilan uning talabi ixtiyoriy suratda qondirilgan vaqtdagi, agar talab ixtiyoriy suratda qondirilmagan bo‘lsa, sud qaror chiqargan paytdagi tegishli tovarning bahosi o‘rtasidagi farqni to‘lashni talab qilishga haqli.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev