Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tovarlarni yetkazib berish tartibi haqida tushuntirish bersangiz?


Savol:

Tovarlarni yetkazib berish tartibi haqida tushuntirish bersangiz?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 441-moddasida tovarlarni yetkazib berish tartibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: tovarlarni yetkazib berish mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga yoki shartnomada oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxsga jo‘natish (topshirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga jo‘natish to‘g‘risida sotib oluvchining sotuvchiga ko‘rsatmalar berish huquqi (jo‘natish raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni jo‘natish raznaryadkasida ko‘rsatilgan oluvchilarga jo‘natadi (topshiradi).

Jo‘natish raznaryadkasining mazmuni va uni sotib oluvchi tomonidan mahsulot yetkazib beruvchiga yuborish muddati mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilanadi. Agar jo‘natish raznaryadkasini yuborish muddati shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa, u mahsulot yetkazib beruvchiga mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin yuborilishi lozim.

Sotib oluvchining belgilangan muddatda jo‘natish raznaryadkasini taqdim qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bosh tortish, yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to‘lashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari mahsulot yetkazib beruvchi jo‘natish raznaryadkasini taqdim qilmaslik tufayli yetkazilgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev